Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-dekabr kuni Botken viloyati aholisi bilan uchrashuvda Tojikiston bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasiga izoh berdi. Bu haqda “KaktusMedia” xabar berdi.

Foto: “AKIpress”

“Aslida ikki davlat bilan chegaradosh Botken viloyati alohida strategik hudud bo‘lgani bois bu yerda aholining doimiy yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Biz mintaqa xavfsizligini taʼminlash mamlakat uchun alohida ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz. O‘zingizga maʼlumki, chegara masalasini diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga harakat qilmoqdamiz.

Chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya ham doimiy ish olib bormoqda. Umid qilamizki, chegaralarimiz hal bo‘ladigan, Markaziy Osiyoda tinchlik hukm suradigan kun keladi. O‘ylaymanki, bahorgacha bu masalani hal qilamiz. Eng muhimi, mustaqil yurtimiz, adolat bayrog‘ini ko‘targan xalqimiz, chuqur tarixga egamiz”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Shuningdek, Japarov tinchlik va hamjihatlikda yashashni, chegara bo‘yicha muzokaralar allaqachon yakunlanayotganini aytdi. Siyosatchi aslida chegara masalasi yangi yilgacha hal bo‘lishi kerak bo‘lgani, ammo ulgurishmagani sababli bahorgacha hal bo‘lishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »