Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikiston hukumati mahalliy aviakompaniyalar uchun aeroportlarni shahar va tumanlar munitsipal mulkidan respublika mulki va respublika Mudofaa vazirligi balansiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 31-avgust kuni qabul qilingan hujjat Adliya vazirligining huquqiy axborot portalida e’lon qilindi, deb yozmoqda Asia Plus.

Foto: Central Asia

Hukumat qaroriga ko‘ra, Qirg‘iziston bilan chegara yaqinida joylashgan Isfara aeroporti Xo‘jand xalqaro aeroporti tasarrufidan chiqarilib, Tojikiston Mudofaa vazirligiga o‘tkazildi.

Farxor tumani va Afg‘oniston bilan chegaradosh Mir Said Ali Hamadoniy tumani aeroportlari mudofaa ishlari boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Bu obyektlar Tojikiston mudofaasiga ko‘maklashish jamoat tashkiloti markaziy qo‘mitasi balansida bo‘lib kelgan.

Bundan tashqari, shahar va tumanlar munitsipal mulkidan 18 ta mahalliy aviakompaniya aeroportlari mudofaa ishlari boshqarmasi tasarrufiga o‘tkaziladi. Aeroportlarni qayta tiklash va doimiy shay holatga keltirish uchun safarbar qilinadigan harbiylarga mablag‘ ajratish Mudofaa vazirligiga yuklatiladi.

Tojikiston Mudofaa vazirligi balansiga o‘tkazilgan aeroportlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • Panj tumani aeroporti;
  • Shamsiddin Shoxin tumani aeroporti;
  • Dashtijum aeroporti;
  • Iol aeroporti;
  • Aininskiy tumani aeroporti;
  • Istaravshan aeroporti;
  • Asht tumani aeroporti;
  • Kanibodom shahri aeroporti;
  • Penjikent aeroporti;
  • Ishkashim tumani aeroporti;
  • Rushanskiy tumani aeroporti;
  • Vanj tumani aeroporti;
  • Kalay Xumba aeroporti;
  • Sagirdasht aeroporti;
  • Lyaxshskiy tumani aeroporti;
  • Lyaxsh aeroporti;
  • Tojikobod tumani aeroporti;
  • Rasht tumani aeroporti.

Hozirda parvozlar mamlakatning faqat to‘rtta xalqaro aeroportidan amalga oshirilmoqda: Dushanbe, Xo‘jand, Boxtar va Ko‘lob.

2008-yilda Tajik Air GUAP qayta tashkil etilgandan so‘ng, ushbu to‘rtta bandargoh xalqaro aeroportlar maqomini oldi va mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aylandi. Xorug‘ aeroporti Dushanbe xalqaro aeroportining tarkibiy bo‘linmasiga kirdi. Nisbatan kichik bo‘lgan 29 ta aeroport esa mahalliy hokimiyatlar balansiga o‘tkazildi va mablag‘ yetishmasligi sabab faoliyatini to‘xtatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »