Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda ham maktab o‘quvchilar kuchli sovuq tufayli 13-14-dekabr kunlari onlayn ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Illyustrativ foto: “depo.ua”

Vazirlikning tushuntirishicha, agar aholi punktlarida havo harorati -25 darajadan past bo‘lsa, darslar masofadan turib o‘tkaziladi. Ayrim maktab o‘quvchilarining ota-onalar rasmiylarning kech qaror qabul qilganlaridan g‘azablangan. Ba’zi bolalar bugun (13-dekabr) darsga borgan, ular uylariga qaytarib yuborilgan.

“Bu bolalar va o‘qituvchilarga nisbatan dahshatli munosabat, chunki ko‘pchilik uzoqda yashaydi. Qanday qilib soat 07.00 da (ta’lim masofaviyga o‘tgani haqida — “Daryo” tahriri) xabar berish mumkin?”, — degan ota-onalar.
“Agar bolalar maktabga kelsa, dars o‘tilishi mumkin. Bu ixtiyoriy masala”, — taʼkidlagan Taʼlim va fan vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Ostona va boshqa bir qator shaharlaridagi maktab o‘quvchilari noqulay ob-havo sharoiti tufayli masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Respublikada 27-31 darajali sovuq kuzatilmoqda, havo 38 darajagacha sovib ketishi prognoz qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »