Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida bu sanoat tarmoqlari izchil modernizatsiya qilinmoqda. Logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, so‘nggi yillarda avtomobil ishlab chiqarish 3 barobar ko‘payib, joriy yil yakunida 415 ming donaga yetishi kutilmoqda. Sohada davlat monopoliyasini yo‘q qilish va raqobatni rivojlantirish maqsadida 3 ta yangi xususiy korxona va nufuzli xorijiy brendlar jalb etildi. Bugun 8 ta zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yuk va yo‘lovchi tashish transportlari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, bu sohada 2 mingdan ziyod korxona yaxlit kooperatsiya tarmog‘iga bog‘landi va 50 foiz mahalliylashtirish ta’minlandi. Shu bilan birga, bozorda talab hali ham yuqori. Ham tashqi, ham ichki bozorda avtozavodlar o‘rtasida raqobat kuchaymoqda. Endi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ham mahsulotlar modelini kengaytirib, sifatini yaxshilash, tannarxni kamaytirib, raqobat muhitida ishlashga o‘tishi zarur.

Taqdimotda shu boradagi chora-tadbirlar, tarmoq oldidagi vazifalar muhokama qilindi. Xususan, mamlakatda yengil avtomobil ishlab chiqarishni 2030-yilgacha 1 million donaga yetkazish maqsad qilingan. Yig‘ilishda bu borada 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. 

Davlat rahbari “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, xarajatlarni kamaytirish lozimligini ta’kidladi. Ma’lumki, bugungi kunda jahondagi yetakchi avtozavodlar elektromobil ishlab chiqarishga o‘tmoqda. Mamlakat sanoatchilari ham tezroq bu yo‘nalishni o‘zlashtirib, zamon talabiga moslashmasa, kelgusida bozorda o‘rin topishi yanada qiyin bo‘ladi.

Bu borada ilk loyihalar boshlangan. Kelgusi yilda shunday zavod ishga tushirilib, 10 mingta elektromobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Prezident bu yo‘nalishga alohida e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlab, tarmoq korxonalarida elektromobillar uchun butlovchi qismlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida bu yil 3 ming 500 donadan ortiq texnika ishlab chiqarilgan. 2030-yilgacha bu miqdorni yiliga 16 ming donaga yetkazish mo‘ljallangan. Bu yil Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etildi. U yiliga 15 ming dona traktor, tirkama va boshqa texnikalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Lekin, ularni sotish tizimi zamon talablariga mos kelmayapti.

Shu bois mahalliy texnika xaridini qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, klaster va fermerlarni jalb etib, bu borada buyurtmalar shakllantirish zarurligi ta’kidlandi va qo‘shimcha choralar belgilandi. Milliy traktorni mahalliylashtirish darajasini 35 foizga, osma texnika va tirkamalarni o‘rtacha 60 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »