Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qo‘shtepa kanali devori buzilgani va yon-atrofga suv toshib ketgani haqidagi xabarlar fonida Afg‘oniston Milliy taraqqiyot kompaniyasi rasmiylari bunday hodisani inkor etib, kanalning ikkinchi bosqichini qurish davom etishi haqida gapirmoqda. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Qo‘shtepa kanali qurilishiga mas’ul Afg‘oniston Milliy taraqqiyot kompaniyasi rasmiylari suv hajmini nazorat qilish uchun tekisliklarga atay suv yo‘li ochib berganini aytishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu chora Balx viloyatining Davlatobod tumanida qurilayotgan ko‘prik tomonga suv oqib ketishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan. Rasmiylarga ko‘ra, Qo‘shtepa devori buzilib, kanaldan suv oqib ketgani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on va mish-mish.

Foto: “Daryo”

“Daryo” muxbiri Qo‘shtepa kanali xodimlaridan biri Shukrulloh bilan suhbat uyushtirdi va undan Qo‘shtepa kanali devori buzilgani va suvning isrof bo‘lgani haqidagi mish-mishlarga izoh so‘radi. Shukrulloh ham kanal buzilgani haqida xabarlarni yolg‘on deb atadi. U Balx viloyatining Davlatobod hududida ko‘prik qurilayotgani, shu sababli Qo‘shtepa kanalining suvi muhandislar tomonidan boshqa tomonga burilganini ta’kidladi.

Foto: “Daryo”


Shukrullohning aytishicha, hozirda Qo‘shtepaga Amudaryo suvi quyilayotgani yo‘q, kanaldagi suv bir qancha buloqlardan hosil bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shtepa kanali bo‘yida sakkizdan ortiq buloq bor va ko‘pchilik ular haqida bilmaydi. Shukrulloh ushbu buloqlar kanalni qazish paytida paydo bo‘lganini aytdi.

Foto: “Daryo”

Qo‘shtepa qurilishi “Tolibon” hukumatining so‘nggi ikki yildagi eng yirik iqtisodiy loyihasi bo‘lib, uni amalga oshirishga jiddiy yondashilmoqda.

Texnik-iqtisodiy asoslari 2018-yilda boshlangan Qo‘shtepa kanali mamlakat shimolidagi eng yirik suv o‘tkazish loyihasidir —  u Amudaryodan 10 milliard kub metr suvni mamlakatga o‘tkazish imkoniyatiga ega.

“Tolibon” bosh vaziri o‘rinbosari Abdul Salam Hanafiy Qo‘shtepa kanali ochilishi marosimida Afg‘onistonning qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan ehtiyojlari ushbu kanal barpo etilishi bilan hal qilinishini aytgan.

 “Qo‘shni davlatlarning huquqlarini hurmat qilgan holda, biz suv huquqlarimizdan foydalanyapmiz, bundan hech bir davlat xavotirlanmasin”, — deb ta’kidlagan u.

“Tolibon” rasmiysi mintaqa va dunyo bilan yaxshi munosabatlar “Tolibon” hukumatining ustuvor yo‘nalishi ekanini qo‘shimcha qilgan.

Afg‘onistonni Markaziy Osiyo davlatlaridan ajratib turuvchi Amudaryo suvidan ko‘proq qo‘shni davlatlar foydalanib keladi, Afg‘oniston ko‘p yillardan beri undan naf ko‘rmagan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Amudaryo suvining 5,1 milliard kub metri O‘zbekistonga, 49,6 milliard kub metri Tojikistonga, 1,5 milliard kub metri Turkmanistonga oqadi.

“Tolibon” rasmiylarining aytishicha, Qo‘shtepa kanalini qurish ishi besh yil ichida uch bosqichda yakunlanadi, qurilish xarajatlari 60 milliard afg‘oniga baholangan. Kanal Milliy taraqqiyot kompaniyasi tomonidan qurilmoqda.

Foto: “Daryo”


Rasmiylarga ko‘ra, kanal suvi Balx viloyatining Kaldar tumanidan boshlanib, Hayraton, Davlatobod tumani va Juzjon viloyatining Oqcha tumanidan o‘tgan bu kanal Faryob viloyatining Andxoy tumaniga yetib boradi. Qo‘shtepa kanali qurib bitkazilgandan so‘ng, Afg‘oniston shimolidagi 700 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlari sug‘orilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »