Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga jonli muloqot paytida dipfeyk dasturida tayyorlangan “qiyofadoshi” savol berdi. Siyosatchidan qiyofadoshlari bor yoki yo‘qligi va sun’iy intellektning xavfi haqida so‘raldi.

Foto: Kremlin.ru

Putinning so‘zlariga ko‘ra, uning qiyofadoshlari mavjud emas va bunday bo‘lishini istamaydi.

“Ko‘ryapmanki, siz menga o‘xshashingiz va mening ovozimda gapirishingiz mumkin. Ammo mening ovozimda faqat bir kishi gapirishi mumkin degan qarorga keldim va bu o‘zim”, — deya Rossiya prezidenti “qiyofadoshi”ga yuzlandi.

Putin u uning “birinchi qiyofadoshi” ekanini qo‘shimcha qildi va sun’iy intellekt rivojlanishining oldini olish mumkin emasligini aytdi.

“Ammo bu rivojlanish qanday yakunlanishini hech kim bilmaydi. Yadro quroli tahdid ekanligini anglab yetgach, muzokaralarni boshladik. Sun’iy intellekt bilan ham xuddi shunday bo‘ladi”, —  dedi u.

Ma’lumot uchun, 2015-yilda ham Rossiya prezidentidan qiyofadoshi bor yoki yo‘qligi so‘ralgan. U o‘ziga o‘xshagan odamning suratiga shunday munosabat bildirgan:

“Qanday qiyofadosh? Menda qiyofadoshlar yo‘q. Ular menga nega kerak? — degan u.

2020-yilda Rossiya rahbari “TASS”ga bergan intervyusida 2000-yillar boshida, “terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha eng og‘ir davrlarda”, unga o‘z qiyofadoshini jalb qilish haqida takliflar tushganini tan olgandi. Xususan, prezident uchun xavfsiz bo‘lmagan tadbirlarga o‘zi bormasdan, qiyofadoshini yuborish taklif etilgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u bunday tashabbusni rad etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »