Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Hisor” davlat qo‘riqxonasining 40 yillik tarixida birinchi marotaba qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan foto-videoqopqonlar orqali qor qoplonlarining katta to‘dasi tasvirga olindi. Bu haqda qo‘riqxona matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Hozirgi kunda Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, SITES — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Ovlash qat’iyan taqiqlangan.

O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Afg‘oniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun jazoni kuchaytirilgani, hayvonot dunyosini muhofaza qilish — hayvonot dunyosi obyektlari hududlari, turlari va populyatsiyasi yaxlitligini, soni, ularning yo‘q bo‘lib ketishi va boshqacha zararli ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan.

“Hisor” davlat qo‘riqxonasi ushbu noyob jonivorlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi va ularning muhofazasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »