Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 15-dekabr kuni Toshkent shahrida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” aʼzolari uchun seminar-trening tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
 

Tadbirda aytilishicha, yangi tuzilgan “Direktorlar kengashi” Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi eng tajribali maktab direktorlarini o‘zida jamlagan. Kengash umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beradigan organ vazifasini bajaradi. 

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Seminarda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, mazkur kengashni tuzishdan maqsad haqida gapirdi.

Hilola Umarova
Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
“Shu kungacha maktab direktorlarini tayinlash va ularni o‘qitish bo‘yicha biror-bir shaffof tizim bo‘lmagan. Ochig‘i, maktab direktorlarini lavozimga tayinlashda turli gap-so‘zlar, korrupsiyaviy holatlar bor. Shularni tahlil qilib, 2024-yildan maktab direktorlarini tayyorlash, o‘qitish, sertifikatlash hamda lavozimga tayinlashda ochiqlikni taʼminlash tizimiga o‘tamiz. Albatta, bu oson bo‘lmaydi. “Direktorlar kengashi” aʼzosi bo‘lish katta masʼuliyat. Bu tizim birinchi marta joriy etilmoqda. Kengash qator yutuqlarga erishgan, salohiyatli rahbarlardan tuzildi. Biz taʼlim tizimini tushungan insongina jon kuyib, tizimga mos kadr tanlay oladi, degan fikrdamiz. Kengash tuzishdan maqsad ham shu”, — dedi vazir.
Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Tadbirda yanvar oyidan boshlab maktablarga rahbarlar tayinlash “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi aytildi. Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirlikka hisob beradi. Uning aʼzolari soni hududdagi maktablar sonidan kelib chiqib, direktorlar orasidan 7 nafardan 11 nafargacha belgilanadi. Kengash aʼzolari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh barobarigacha rag‘batlantiriladi.

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Vazirlik boshqarma boshlig‘i Erkin Murodov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda yangi tashkil etilayotgan “Direktorlar maktabi” to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Erkin Murodov
Foto: “Daryo”  
Vazirlik tizimida rahbar kadrlar tayyorlaydigan “Direktorlar maktabi” tashkil etilmoqda. Endi bo‘lajak direktorlar avvalo, menejerlik kursida o‘qitiladi. Keyin ularning faoliyati baholanib, sertifikat beriladi. Sertifikat olgan nomzodgina keyinchalik direktorlikka tayinlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad shuki, duch kelgan odam maktabga borib, rahbar bo‘la olmasin. Yaʼni avvaldan maktabni boshqarish mahoratiga ega, bolalar psixologiyasi va pedagogikani biladigan insonlarni tayyorlash uchun alohida bir tizim yaratdik”, — dedi vazirlik masʼuli.

Ma’lumot uchun, ikki kunlik seminar davomida vazirlik masʼul xodimlari hamda malakali trenerlar ishtirokchilarga “Direktorlar kengashi”ning maqsad va vazifalari, faoliyatni yo‘lga qo‘yish tartibi, taʼlimda liderlikning roli va direktorlikka nomzodlarni tanlab olish masalalarida trening mashg‘ulotlari o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »