Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (11-1, 8 KO) meksikalik Kevin Gonsalesga (26-0-1, 13 KO) qarshi jang qiladi. 

Ushbu jang Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida AQShning Arizona shtatida joylashgan Desert Diamond arenasida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida o‘tkaziladi. 

Jang oldidan Murodjon Ahmadaliyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Albatta, meni faoliyatimdagi muhim janglardan biri kutib turganini his etib turibman. Eliminator jangi g‘olibi chempionlik kamari uchun ringga chiqish huquqini qo‘lga kiritadi. Tayyorgarlik ham shunga monand tarzda bo‘ldi.

To‘g‘ri, mashg‘ulot jarayonida yonimda Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov kabi do‘stlarim to‘liq bo‘lishmadi. Lekin ular bilan har kuni gaplashib turdik. Murabbiylarim bilan birgalikda reja asosida tayyorgarlik ko‘rdik. Raqib meksikalikligining o‘zi ko‘p narsadan darak beradi. Meksikaliklar zarbalarga chidamli bo‘lishadi. Ammo menga hozir raqibning farqi yo‘q. Chempionlik kamarlarini qaytarib olish uchun astoydil kirishganman. Bu yo‘lda birinchi navbatda Gonsalesni mag‘lub etishim kerak.

Xalqimiz duo qilib tursa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ularni xursand etish uchun borimni beraman.

Murodjon Ahmadaliyev, o‘zbekistonlik bokschi

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang WBA kamari uchun Eliminator, ya’ni saralash vazifasini o‘tab beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »