Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston deyarli 30 yildan beri korrupsiya tufayli rivojlanmadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarovning ikkinchi Xalq Qurultoyidagi nutqiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Japarovning ta’kidlashicha, korrupsiyaga qarshi choralar tufayli milliardlab dollarlar davlat g‘aznasiga qaytmoqda. Bundan tashqari, uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda.

“Jinoiy elementlar mavjud bo‘lgan mamlakatga hech qanday investor pul tikmaydi. Bundan tashqari, ayrim mansabdor shaxslar investorlarning ishiga aralashib, poraxo‘rlik va lobbichilik bilan shug‘ullanadi. Bu mamlakat obro‘siga putur yetkazadi. Korrupsiyaga qarshi shafqatsiz kurash davom etadi va yanada kuchaytiriladi”, — dedi siyosatchi.

Japarov Qirg‘izistonda 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilganini aytdi. Uning zimmasiga korrupsiyaga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

“Korrupsiyaga qarshi kurash bir martalik tadbir emas, bu doimiy ish bo‘lishi kerak”, – dedi Sadir Japarov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »