Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari o‘zini “yangi xudo” deb atagan Arstan Alayni qo‘lga oldi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi

Erkakka nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 330-moddasi “Diniy adovatni (nifoqni) qo‘zg‘atish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bunga uning ijtimoiy tarmoqlar, kitob, risolalarda diniy va dinlararo adovatni qo‘zg‘atish, fuqarolarning o‘ziga xosligini din asosida targ‘ib qilishga chaqiriqlari asos bo‘ldi.

“U o‘zini yangi xudo, qutqaruvchi deb biladi, boshqa dinlar, eʼtiqod va qarashlarni nuqsonli, zaif va noto‘g‘ri tushunchalar deb hisoblaydi va ularga salbiy baho beradi”, — deyiladi Milliy xavfizlik davlat qo‘mitasi munosabatida.

Arstan Alayning uyidan ko‘plab adabiyotlar, kompyuterlar va elektron saqlash vositalari musodara qilingan. U Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Dastlab, Arstan Alay 13-dekabr kuni uyidan chiqib ketib, g‘oyib bo‘lgani haqida xabar berilib, qarindoshlari uni qidiruvga bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »