Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Teylor Sviftning “Eras” turi tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan konsert-tur sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda kitob tuzuvchilari maʼlum qildi.

Foto: AP Photo / Invision/Joel C Ryan

Mart oyida boshlangan gastrol xonandaga 1,04 milliard dollar daromad keltirdi. Kassasi o‘n xonali sondan oshgan birinchi tur hisoblanadi.

Gastrol 2024-yilning dekabrida tugaydi. Pollstar Boxofficening maʼlumotlariga ko‘ra, Sviftga jami 2 milliarddan ortiqroq daromad olib kelishi kutilmoqda.

Bungacha, eng daromadli tur iyul oyida yakunlangan Elton Jonning “Farewell Yellow Brick Road tour” gastroli bo‘lgan. Qo‘shiqchi jami 328 ta konsert berib, ulardan jami 939 million dollar ishlab topgan. Svift “Eras”ning dastlabki 60 ta shousidan 1milliard dollar ishladi. Gastrol davomida jami 151ta chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Ginnesning rekordlar kitobiga kirish 33 yoshli qo‘shiqchining 2023-yildagi yagona yutug‘i emas. Teylor Svift Time jurnali talqiniga ko‘ra, “Yil odami” deb topildi. AQSh yalpi ichki mahsulotini 4,3 milliard dollarga oshirdi, birgina Spotify orqali 100 million dollardan ko‘proq daromad oldi. Jahonning yetakchi universitetlarida xonandaning ijodi bo‘yicha kurslar ochildi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »