Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. 

Srechko Katanes ushbu yig‘inga 24 nafar futbolchini jalb qildi: 

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Botirali Ergashev, Valijon Rahimov (ikkalasi ham “OKMK”), O‘tkir Yusupov (“Navbahor”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Rubin”), Farruh Sayfiyev, Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliyev (barchasi “Paxtakor”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Umarbek Eshmurodov, G‘olib G‘aybullayev, Sherzod Nasrullaev, Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Azizbek Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov (barchasi “Paxtakor”), Jamshid Iskanderov, Jamshid Boltaboyev, Oston O‘runov (barchasi “Navbahor”), Azizbek Amonov (“Nasaf”), Shahboz Umarov (“Ordabasi”), Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”);

Hujumchi: Bobir Abdixoliqov (“Ordabasi”).

Foto: O‘FA

Yig‘inda ishtirok etadigan bir qator legioner futbolchilar o‘z klublari tarkibidagi o‘yinlari sababli terma jamoa yig‘iniga keyinroq qo‘shildi. 14-dekabr kuni Rustam Ashurmatov hamda Abdurauf Bo‘riyev O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga borib qo‘shildi. Oradan bir kun o‘tib, Hojiakbar Alijonov ham yig‘inga yetib bordi.

Shuningdek, Oston O‘runov ham kechroq terma jamoa tarkibiga qo‘shildi. Xabarlarga ko‘ra, Alijonov va O‘runov kichik jarohat sababli yig‘inga vaqtida yetib bora olmagan. 17-dekabr kuni esa “SSKA” sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullayev terma jamoa safidan o‘rin oldi. 

Foto: O‘FA

Lekin tarkibga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekiston terma jamoasi to‘purari Eldor Shomurodovning yo‘qligini ko‘rish mumkin. Shomurodov bir necha kun oldin “Kalyari” safida mashg‘ulotlar o‘tayotgan vaqtda jarohat olgan. 

Italiya klubi Shomurodovning ahvoli haqida rasmiy bayonot berdi: 

Skrin: “Kalyari”

Xabarda tekshiruvlardan so‘ng Eldorning o‘ng oyog‘i tovon suyagi singani, jarohatning qanchalik jiddiyligi borasida batafsil ma’lumot berilishi aytib o‘tilgan

Terma jamoaning muhim figurasi bo‘lgan Shomurodov qachon safga qaytishi, Osiyo Kubogida ishtirok etish yoki eta olmasligi borasidagi savollarga javob olish uchun “Daryo” O‘FA bilan bog‘landi. 

“Shomurodov “Kalyari”ning mashg‘ulotlarida jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi borasida klub bayonot beradi. Hozircha uning qachon safga qaytishi borasida aniq ma’lumot yo‘q”, — deb javob berdi federatsiya matbuot xizmati. 

Foto: Getty Images

Osiyo Kubogi turniri boshlanishiga bir oydan kam vaqt qoldi. O‘zbekiston terma jamoasi B guruhidan joy oldi va Avstraliya, Hindiston va Suriyaga qarshi bahs olib boradi.

Srechko Katanes shogirdlari musobaqadagi ilk o‘yinini 13-yanvar kuni Suriyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »