Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida bir oilaning besh a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, “Kenues” OFY hududida yashovchi fuqaro M.B.ning xonadonida 15-dekabr soat 11:45 larda o‘zi va 6 nafar oila aʼzosining hushsiz holatda yotgani qo‘shnilari tomonidan aniqlangan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam shifokorlari chaqirtirilgan.

Tekshiruv davomida ushbu xonadonda yashagan 66 yoshli M.B., 62 yoshli Z.M,, 37 yoshli S.B., 15 yoshli A.A. va 12 yoshli M.A. vafot etgani aniqlangan.

Shuningdek, 28 yoshli T.O. hamda 23 yoshli A.B. og‘ir ahvolda hushsiz yotganligi aniqlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatda is gazidan zaharlanish alomatlari mavjud bo‘lib, uyning isituvchi qozonxonasi uy ichida yonib turgani aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha Chimboy tuman prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yilda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 90 dan ortiq holat sodir bo‘lgan.
  • Buning oqibatida 146 kishi vafot etgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »