Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston muvaqqat hukumati bosh vaziri Anvar Haq Kakarning da’vo qilishicha, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazoratni tiklagan so‘nggi ikki yildan beri Pokistonda afg‘on hujumchilari tomonidan 16 ta xudkushlik hujumi sodir etilgan. Uning bayonoti The Telegraph gazetasida chop etildi.

Foto: The Telegraph

 

Kakarning so‘zlariga ko‘ra, yana 16 nafar afg‘onistonlik jangarilar chegara hududlarida Pokiston kuchlari bilan to‘qnashgan.

“Har safar ‘Tolibon’ bilan ushbu masalalarni muhokama qilsak, ular bizga sabablarni Pokistondan qidirishni maslahat beradi”, — deb qo‘shimcha qildi Pokiston muvaqqat hukumati bosh vaziri. “Nihoyat, biz ularning maslahatlariga quloq solishga va ichki tartibni tanlashga qaror qildik”.

Pokiston “Tolibon” hukumatiga “Pokiston toliblari”ni qo‘llab-quvvatlayotganidan noroziligini bildirgan va bir necha bor ogohlantirgan. Hatto Pokiston kuchlari Afg‘onistondagi “Pokiston toliblari”ga qarshi ikki marta harbiy amaliyotlar o‘tkazdi.

“Tolibon” askarlari Torxam chegarasida bir necha bor Pokiston askarlari bilan to‘qnashdi. Yaqinda Pokiston muvaqqat hukumati afg‘on muhojirlariga mamlakatni tark etish uchun bir oy muddat berdi. Muhlat tugaganidan so‘ng Pokistondan 500 mingdan ortiq afg‘on muhojirlari deportatsiya qilingani aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »