Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqining oliy sudi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan rossiyalik milliarder Roman Abramovichga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni o‘z kuchida qoldirdi

Foto: Reuters


Vladimir Putin 2022-yil fevral oyida Rossiya qo‘shinlariga Ukrainaga bostirib kirishni buyurganidan so‘ng Yevroittifoq rossiyalik amaldorlar va Abramovich kabi ko‘plab rossiyalik tadbirkorlarga cheklovlar kiritdi. Shaxsiy sanksiyalar joriy etilishi bilan bir vaqtda Rossiyaning yuzlab milliard dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yildi.

Abramovich Lyuksemburgdagi Yevropa sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unga nisbatan sanksiyalarga norozilik bildirdi. U Rossiyaning homiysi emasligini va Putin bilan yaqin aloqalari haqidagi ayblovlar yolg‘on ekanini da’vo qilgan.

Milliarderning advokatlari uning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar koridorlar yaratish va harbiy asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etganiga ham ishora qilgan. Ammo yakunda Abramovich sudda yutqazdi.

“Sud Abramovichning da’vosini rad etadi va shu bilan unga nisbatan qo‘llangan cheklov choralarini tasdiqlaydi”, — deyiladi Yevropa sudi o‘z qarorida.

“Chelsi” futbol klubining sobiq egasi, Rossiya, Isroil va Portugaliya fuqarosi Abramovich dunyodagi eng nufuzli biznesmenlardan biri sanaladi. 2021-yil oxirida Forbes uning boyligini 14,2 milliard dollarga baholagan. Biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan, Britaniyaning Times gazetasining yozishicha, Abramovichning boyligi ikki barobarga qisqargan.

Urush boshida Abramovich Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda, keyinroq bolalarni Ukrainaga qaytarish bilan bog‘liq aloqalarda vositachilik qilishga harakat qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »