Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Hurriyet nashri milliarder Roman Abramovich Istanbulning Bosfor bo‘g‘ozida taxminiy qiymati 18 million dollarlik hashamatli uy sotib olganini xabar qildi. Milliarderning o‘zi mazkur ma’lumotni rad etmoqda.

Foto: DR

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mulk rekonstruksiya qilinmoqda, yangi egasi u yerda vertolyot maydonchasi qurishni rejalashtirmoqda. Sotib olingan mulk Istanbulning Bosfor bo‘g‘ozi sohilidagi Kandilli (Vanikey) deb nomlangan hududda joylashgan. Mulkning umumiy maydoni 9600 kvadrat metr, ikkita bino taxminan 2000 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Avvalroq uyda turkiy voiz, teleboshlovchi va evolyutsiya nazariyasini inkor etuvchi ta’limotlar muallifi, Horun Yahyo taxallusi bilan tanilgan Adnan Oktar istiqomat qilgan. U 2018-yilda o‘nlab ayblovlar bilan hibsga olingan va 2021-yilda 1075 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

“Mulkning yangi egasi uyga olib boradigan yo'llarni ta’mirlab, hududni to‘sishga kirishdi. Binolar joylashgan uchastkada ta'mirlash ishlari olib borilmoqda”, — yozadi Hurriyet.

Ta’kidlanishicha, uyning yangi egasi vertolyot maydonchasi qurish uchun ham ruxsat olgan. Keyinroq Abramovichning vakili Forbes’ga biznesmenning Istanbuldagi qasrni 18 million dollarga sotib olganini rad etdi.

“Umuman olganda, bu haqiqat emas”, — dedi milliarder vakili.

Роман Абрамович

2018-yilning may oyida Abramovich Britaniyalik investor vizasini uzaytira olmagani uchun Isroil fuqaroligini oldi. 2021-yil aprel oyida u Sefard yahudiylarining avlodlari uchun dastur orqali Portugaliya pasportini oldi. Rossiyaning Forbes reytingida Abramovich 9,2 milliard dollar boyligi bilan 16-o'rinni egalladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »