Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva prezidenti Gitanas Nauseda milliarder Roman Abramovichning farzandlari Rossiya hukumatiga Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tishda yordam bergan yoki yo‘qligini tekshirishga chaqirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Getty Images

Litva rahbari Siena nashri va OCCRP loyihasi tomonidan rossiyalik tadbirkorning o‘g‘li va qizida Litva pasportlari aniqlaganiga munosabat bildirdi. Nauseda Litva passporti Abramovichning farzandlariga amaldagi qonunlarga muvofiq berilganini aytdi. Ammo, uning fikricha, bunday holatda fuqarolik qanday maqsadda qo‘llanganini tekshirish kerak.

“Ular, masalan, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari mexanizmida ishtirok etganini tekshirishimiz kerak. Ular sanksiyalar rejimini amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan yoki boshqa yo‘l bilan hissa qo‘shgandir”, — dedi prezident jurnalistlarga.

Arkadiy Abramovich Litva pasportini 2022-yil 22-fevralda — Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanishidan ikki kun oldin olgan. Abramovichning qizi qachon hujjat olganini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Milliarderning boshqa farzandlarida Litva pasporti bor-yo‘qligi noma’lum. Abramovichning jami yetti nafar farzandi bor: uch o‘g‘il va to‘rt qiz.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »