Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokistonning BMTdagi vakili Munir Akram kecha 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik Kengashining Afg‘oniston bo‘yicha yig‘ilishida Afg‘onistonda terrorchi guruhlarning mavjudligi bu davlat, mintaqa va dunyo uchun jiddiy tahdid ekanini aytdi.

Akramning aytishicha, Afg‘onistonda pokistonlik “Tolibon”  va unga aloqador guruhlarga “erkinlik berilgan” va ular Afg‘oniston ichidan Pokiston xavfsizlik kuchlariga hujum qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb kuchlari qoldirgan zamonaviy qurol-yarog‘larni qo‘lga kiritish bilan pokistonlik “Tolibon”  harakatining hujumlari yanada xavfli tus olgan.

Foto: Un.org

Munir Akram pokistonlik “Tolibon” ning tahdidini o‘ta jiddiy deb ta’riflab, ular qo‘liga yetib kelgan zamonaviy Amerika qurollari yuzasidan BMT tomonidan tekshiruv o‘tkazilishini talab qildi.

Pokiston vakili “Tolibon”  hukumati bilan har qanday hamkorlik siyosati “Tolibon” ning terrorchi guruhlarga qarshi harakatlariga asoslanishi kerak deb hisoblamoqda. Aks holda, 11-sentyabr kabi Afg‘onistondan nafaqat mintaqaga, balki butun dunyoga tahdid solayotgan terrorizmning tarqalishiga guvoh bo‘lamiz, deydi u.

Pokistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakili, shuningdek, “Tolibon” harakati ayollarning mehnat va ta’lim olish huquqiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi kerakligini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »