Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik taniqli xonanda Madonna ikki kun koma holatida bo‘lganligini maʼlum qildi. Bu holat unda bakterial infeksiya bilan kasalxonaga yotqizilgan paytda sodir bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Xonanda hayot bilan xayrlashganini tan oldi. Hatto shifokorlar ham umidini uzgan.

“Tirik qolishimga o‘zim ham, shifokorlar ham ishonmaganmiz”, — deydi qo‘shiqchi.

Shuningdek, u hayotini saqlab qolganlarga, ayniqsa, uni vannada hushsiz holda topgan ayolga minnatdorchilik bildirdi.

“Meni kasalxonaga olib kelgan ayolga rahmat aytaman. Men hatto hech narsani eslay ham olmayman. Vanna polida hushimdan ketib, jonlantirish bo‘limida uyg‘ondim”.

Shu bilan birga, Madonna hushiga kelganida, barcha farzandlarini bir xonada to‘planganini ko‘rib, “Demak o‘lishim kerak ekan-da”, — deb hazillashganini qo‘shimcha qildi.

Xonandaning Karlos Leondan bir qizi, rejissor Gay Richidan o‘g‘li va to‘rt nafar asrab olgan farzandi bor.

Maʼlumot uchun, 65 yoshli yulduz iyun oyi oxirida hushsiz holda kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘p o‘tmay, xonandaning menejeri unda jiddiy bakterial infeksiya borligi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »