Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yuksalish” harakati raisi Bobur Bekmurodov rus yozuvchisining O‘zbekistonni bosib olish tahdidiga javob qaytardi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rossiyalik yozuvchi Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olishni va uning aholisiga rus tilini o‘rgatishni taklif qilgandi. Yozuvchi, shuningdek, “migrantlarni Rossiyada emas, balki ular kelgan davlatlarda, masalan, O‘zbekistonda o‘qitishni taklif qildi. Bobur Bekmurodov Zaxar Prilepinning “O‘zbekistonni bosib olish tahdidi” mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat ekanini qayd etdi.

“Rus siyosatchilarining bunday qarashlari, shubhasiz, o‘zbekistonliklar orasida Rossiya Federatsiyasiga salbiy munosabatni kuchaytirmoqda. 

Uning tobora kamayib borayotgan nufuzini yanada pasaytirmoqda. Rus siyosatchilari agressiv kayfiyat va so‘zlar bilan do‘st orttirib bo‘lmasligini anglab yetishi zarur. Aynan shunday agressiv harakatlari do‘stona munosabatdagi mamlakatlar bilan aloqalarning yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda. 

Ikkinchidan, Zaxar Prilepinni bunday harakat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida qatʼiy ogohlantiramiz. 

Uchinchidan, Prilepin va boshqa rus siyosatchilari ilgari surayotgan bunday qarashlar illyuziyadan boshqa narsa emas. Kimgadir yoqadimi, yoqmaydimi, O‘zbekiston mustaqil, mustahkam suverenitetga ega mamlakatdir.

Qolaversa, qariyb 60 ming aʼzoga ega bo‘lgan harakat nomidan Rossiya rasmiylarini ittifoqchi mamlakatga nisbatan bunday agressiv bayonotlarga eʼtibor qaratishga va batamom chek qo‘yishga chaqiraman. 

Prilepin bu gaplari bilan Rossiya konstitutsiyasining o‘zga davlatlar bilan tinch hayot kechirish, ichki ishlariga aralashmaslikni nazarda tutuvchi 79,1 moddasiga zid chiqmoqda”, — deydi “Yuksalish” harakati raisi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »