Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

UzAutoMotors Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 22-dekabr kuni soat 12:00 da 2024-yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

“E’tibor qarating, shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi, shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, UzAutoMotors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, 18-sentyabr kuni UzAutoMotors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi va ko‘p o‘tmay Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »