Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dekabr oyining ikkinchi yarmida Chevrolet Cobalt, Damas, Labo avtomobillari uchun shartnoma berish boshlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bugun, 18-dekabr kuni kompaniyaning rasmiy saytida uzilishlar kuzatila boshlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kompaniya xabariga ko‘ra, shartnomalar 2024-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan avtomobillar uchun onlayn tarzda beriladi. Sotuv boshlanishining aniq sanasi UzAutoMotors rasmiy sahifalarida e’lon qilinishi, shartnomalar One ID identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tuzilishi eslatilgan.

Soat 12:10 holatiga ko‘ra, kompaniyaning rasmiy saytiga kirib bo‘lmayapti. Mobil ilovasida esa “serverga ulanish yo‘q”ligi to‘g‘risida yozuv paydo bo‘lgan.

Skrinshot: UzAutoMotors

UzAuto Motors fuqarolardan 18-dekabr kuni ommabop avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar ochilishi mumkinligi bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi.

“UzAuto Motors rasmiy kanallarida kontraktatsiya boshlanishining aniq sanasi to‘g‘risida xabar beriladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, UzAutoMotors 4-avgust kuni ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek, zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo‘shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan edi. Ertasiga, 5-avgustda esa shartnoma berish to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.

Shuningdek, 18-sentabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektatsiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochildi va ko‘p o‘tmay Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »