Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Nma Gap” podkastida ishtirok etdi. Suhbat davomida murabbiy afsonaviy bokschi Mayk Taysonning O‘zbekistonga kelgani va uning hamon dietani saqlayotgani hayron qoldirganini aytib o‘tdi. 

Foto: To‘lqin Qilichev Instagram sahifasi

Meni hayron qoldirgan narsasi, tushlik qilishga o‘tirgan vaqtimizda Tayson faqat salat hamda baliq buyurtma qildi. U hozirgacha dietani saqlayotgan ekan. Hozirgacha formani ushlashga harakat qilarkan. U bilan salomlashayotganda qo‘li go‘yoki “temirdek” edi. 

“Hilton”da bo‘lgan bolalarning aytishicha, u tong saharlab mashg‘ulot o‘tabdi. 1-2 soatlik mashqlardan keyin xonasiga kirib ketarkan. 

Shuningdek, To‘lqin Qilichev Mayk Tayson nega bunchalar mashhurligi haqida gapirib o‘tdi.

O‘sha vaqtda Tayson shu darajada targ‘ib qilingan, uning boshqa og‘ir vazn toifasidagilarga qaraganda kichkinaroq ekanligi ham ustunlik bergan. Masalan, futbolda Maradona ham, Messi ham boshqalardan tashqi ko‘rinish jihatidan ham ajralib turgan-ku. Tayson ham bo‘yi kichkina bo‘lsa ham, zarbalari juda tezkor va qattiq bo‘lgan.

Bu yerda menejerlarning ham xizmati katta. Ular Maykni qanday targ‘ib qilish kerakligini bilgan. Uning piari uchun juda katta ishlar qilingan. To‘g‘ri, o‘zining ham iste’dodi yuqori bo‘lgan, lekin to‘g‘ri targ‘ib qilish, muhim rol ham o‘ynagan. 

Bokschilarni murabbiylardan tashqari to‘g‘ri yo‘naltira oladigan promouter ham kerak. Mana, Murodjon Ahmadaliyev 7 ta jangda 2 ta kamar sohibiga aylandi. Bu yerda menejerining hissasi katta. Odamlar 30 ta jang o‘tkazib ham titulga yaqinlashmagan. O‘zimning shogirdim Qudratillo Abduqahhorov 18 ta jang o‘tkazdi, hali titulga borgani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson noyabr oyida Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi doirasida Toshkentga tashrif buyurgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »