Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomiga tashrif buyurdi.

Ushbu boks oqshomining asosiy jangi Entoni Joshua va Otto Vallin o‘rtasida kechdi. Joshua 5-raunddan so‘ng texnik nokaut evaziga Vallinni mag‘lub etdi.

Portugaliyalik futbolchi UFC yulduzi Konor Makgregor va yana bir qancha boks afsonalari oldidan joy oldi. Promouter Frenk Uorren Ronaldu bilan suhbatlashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi. 

71 yoshli angliyalik Uorren “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi “Arsenal” bilan shartnoma imzolashi kerakligi borasida hazillashdi. 

“U “Arsenal” bilan shartnoma imzolamoqda!”, — dedi Frenk telekameralar uning qarshisiga borganda. Krishtianu esa bunga javoban kulib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2003-yildan 2009-yilgacha, 2021-yildan 2022-yilga qadar “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »