Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning fikricha, Serbiya poytaxti Belgraddagi tartibsizliklar ortida kollektiv G‘arb turibdi.

“Kollektiv G‘arbning Maydan to‘ntarishi usullaridan foydalangan holda mamlakatdagi vaziyatni notinch qilishga urinishlari yaqqol ko‘rinib turibdi”, — dedi u.

Zaxarovaning ta’kidlashicha, vaziyatga yagona javob bu konstitutsiyaga qat’iy rioya qilish, milliy manfaatlar uchun ovoz bergan serb xalqining tanlovini hurmat qilishdir.

Foto: “RIA Novosti”

24-dekabr kuni kechqurun Belgrad parlament binosi yaqinida bir hafta oldin o‘tkazilgan parlament va mahalliy saylov natijalarini bekor qilishni talab qilib, bir necha ming kishi hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi

Namoyishchilar parlament binosiga bir necha bor bostirib kirishga urinib, deraza va eshiklarga zarar yetkazgan. Binoga tosh va boshqa narsalar uloqtirilgan. Ichki ishlar vazirligi namoyishchilarni “binoga kirmaslikka” chaqirgan. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz va qalampir ballonlarini ishlatib, ularning ichkariga kirishiga to‘sqinlik qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »