Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qilishicha, Amerika harbiylari Iroqdagi “Kataib Hizbulloh” shia qurolli guruhi va unga aloqador guruhlarning uchta nishoniga zarba bergan.

Foto: Getty Images
“Iroq va Suriyadagi koalitsiya kuchlariga qilingan ko‘plab hujumlarga javoban AQSH harbiylari Iroqdagi ‘Kataib Hizbulloh’ va unga aloqador guruhlar tomonidan foydalaniladigan ko‘plab obyektlarga havo hujumlari uyushtirdi”, — deyiladi qo‘mondonlikning X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.

AQSH harbiylarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH havo hujumlari oqibatida guruh obyektlari vayron qilingan va bir necha “jangari” yo‘q qilingan.

“Tinch aholi jabrlangani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q”, — deya ta’kidladi Pentagon.

Avvalroq Iroqning Erbil shahrida “Kataib Hizbulloh” vakillari xalqaro koalitsiya kuchlariga hujum uyushtirgani, natijada bir necha kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Guruh Iroq shimoliga dron yordamida hujum uyushtirganini, shundan so‘ng uch amerikalik askar yaralanganini ma’lum qilgan. Iroq bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniyning vakili “jinoyatchilar guruhi” Erbildagi fuqarolik aeroporti tomon “bomba o‘rnatilgan dron” uchirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum aeroport faoliyatini to‘xtatgan va fuqarolik reyslarini kechiktirgan. Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbalarining da’vo qilishicha, AQSH havo hujumi natijasida “Kataib Hizbulloh”ning bir a’zosi halok bo‘lgan, yana olti nafari yaralangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »