Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdagi Hisobot kongressi 26-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. “Daryo” ushbu kongressdan fotogalereyani taqdim etadi.

Foto: O‘FA

Kongress kun tartibidan o‘rin olgan masalalar ro‘yxati:

I. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2022-yil 24-dekabrda o‘tkazilgan Kongress bayonnomasini tasdiqlash.

2. O‘FA ning 2022-moliyaviy yil uchun auditor hisobotini tasdiqlash.

3. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023, 2024 hamda 2025-yillar moliyaviy ko‘rsatkichlarini tekshiruvchi mustaqil auditorlik tashkilotni tasdiqlash.

4. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyati to‘g‘risida hisobot.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbirning ikkinchi qismida joriy yilgi futbol mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Abbosbek Fayzullayev – O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Abbos ayni vaqtda terma jamoa bilan BAAdagi yig‘inda ishtirok etayotgani uchun sovrinni uning otasi qabul qilib oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi hamda “Sevinch” klubi yetakchisi Lyudmila Karachik “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo Kubogida jamoasi bilan birgalikda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mutaxassis Ravshan Haydarov — “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga loyiq deb topildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi sohibi, yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi, O‘zbekiston U-20, U-23 va milliy terma jamoalarida ishonchli o‘yin ko‘rsatib kelayotgan iqtidor egasi — Abduqodir Husanov “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga loyiq deb topildi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“So‘g‘diyona” yetakchisi Diyora Habibullayeva ketma-ket uchinchi mavsum Oliy liganing eng yaxshi to‘purariga aylanmoqda. Joriy yilga kelib Diyora chempionat doirasida raqiblari darvozasiga 61 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Sevinch” klubi vakilasi Umida Zoirova “Ayollar Oliy ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri, o‘tgan mavsum chempioni Husniddin Nishonov “Yilning eng yaxshi futzalchisi”  sovrinini qo‘lga kiritdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘tgan mavsumda “BMB” futzal jamoasi bilan birgalikda mavsum chempionligini qo‘lga kiritgan mutaxassis — Nodir Eliboyev mazkur sovriniga loyiq deb topildi.  

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbir davomida Indoneziyada o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan, dunyoning eng kuchli 8 jamoasi qatoridan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ham taqdirlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol kofederatsiyasi tomonidan 2023-yilning “Eng yaxshi assotsiatsiyasi” deb topildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi sport tashkilotlari orasida esa “Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” deya eʼtirof etilgandi.

Shu munosabat bilan mazkur sovrinlar O‘FA prezidenti Abdusalom Azizovga topshirildi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov tadbir yakunida bir qator masalalar yuzasidan fikr bildirib o‘tdi:

2023-yilda butun jamoa, O‘FA, PFL, Hakamlar markazi, Terma jamoalar bosh murabbiylari, futbolchilar, umuman barcha mutaxassislar mehnat qildi va buning natijasini ko‘rib turibmiz. Lekin yangi yilda oldimizda masʼuliyatli vazifalar bor. 

Terma jamoalar markazi zamonaviy standartlar asosida tashkil etilmoqda. Barcha jamoalarimiz mazkur bazada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish etish imkoniga ega bo‘ladilar. 

Milliy terma jamoa Osiyoda o‘zini ko‘rsatadigan payt keldi. Bunga barcha sharoitlar yetarli va biz futbolchi-murabbiylarimizga ishonamiz. 

Bundan tashqari, ayollar va O‘zbekiston U-23 terma jamoamiz yangi yilda Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish uchun harakat qilishadi. 

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati yurtimizda o‘tadi. Uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ham oldimizda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

O‘tgan musobaqalar, Jahon chempionatlari shuni ko‘rsatdiki, yoshlarga qancha imkoniyat bersak, bolalarimizni qo‘llab-quvvatlasak — yurtimizdan hali ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqadi, biz bunga ishonamiz. 

Barcha klublar mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, ertangi kun rivojiga ajratish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘ldan borishi talab etiladi. Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni jadal davom ettiramiz. 

Umuman olganda, barchamiz birgalikda mehnat qilib, O‘zbekistonda futbolni yangi bosqichga olib chiqish uchun tinmay harakat qilishimiz kerak.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »