Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya hukumati 2023-yilda 11,71 milliard yevrolik qurol eksport qilib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda haqda Iqtisodiyot vazirligiga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: “fbm.ru”

2021-yilda o‘rnatilgan avvalgi rekord 9,35 milliard yevro, bu dekabr oyi o‘rtalarida allaqachon 25 foizga oshib ketgan. Tasdiqlangan eksportning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i Ukrainaga Rossiya kuchlariga qarshi mudofaa kampaniyasi uchun jo‘natilgan, jami 4,15 milliard yevro.
 
Raqamlar 1-yanvardan 12-dekabrgacha bo‘lgan davrga taalluqli bo‘lib, bu davrda Germaniya 6,15 milliard yevrolik qurol-yarog‘ va 5,57 milliard yevrolik boshqa harbiy texnika yetkazib berishni ma’qullagan. Taxminan 90 foiz qurol Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlari, Ukraina va qurol eksportini nazorat qiluvchi mamlakatlar — Yaponiya, Avstraliya yoki Janubiy Koreyaga yuborilgan.

Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari yoki Saudiya Arabistoni kabi uchinchi davlatlar uchun Germaniya hukumati 1,18 milliard yevrolik qurol va harbiy texnika eksportini tasdiqlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »