Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida qator masalalarni muhokama qilgan. Xususan:

  • avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida undirilishini taʼminlash;
  • Afg‘oniston hududi orqali tranzit hamda ikki tomonlama tashuvlarni rivojlantirish;
  • temiryo‘l tashuvlaridagi tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston—Afg‘oniston—Pokiston temiryo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

Avvalroq Afg‘onistonning Hirot viloyatida ishlab chiqarilgan gaz tankerlari ilk bor O‘zbekistonga eksport qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldin esa “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid O‘zbekiston Qo‘shtepa kanalidan jabr ko‘rmasligiga va’da bergan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »