Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘llari vakillari 8-noyabr kuni uchrashuv o‘tkazdi. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi Zufar Nazrullayev “Tolibon” temiryo‘l boshqarmasi boshlig‘i Baxt ar-Rahmon bilan uchrashdi. Tomonlar Mozori Sharifga tijorat yuklarini temiryo‘l orqali yetkazish imkoniyatini ta’minlash uchun imkon qadar tezroq ish boshlashga kelishib olgan. 

Muzokaralarning asosiy mavzulari temiryo‘lning Hayraton—Naibobod—Mozori Sharif qismini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq bo‘ldi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Hayraton—Naibobod—Mozori Sharif uchastkasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlarini erta boshlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Bu hamkorlik O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi temiryo‘l aloqalarini rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochib, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Tomonlar temiryo‘l transporti sohasida hamkorlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada rivojlantirishga umid bildirdi. Bu hamkorlik mintaqaning transport infratuzilmasini yaxshilashga, Afg‘oniston va O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy sohani rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.

Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘li shikastlangani sababli 2 yildan ortiq vaqtdan beri ishlamayapti. U Transafg‘on temiryo‘li loyihasining bir qismi sifatida ko‘riladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »