Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rojdestvoga tayyorgarlik bayramning bir qismidir. Baʼzilar allaqachon mandarin sotib olishni va olivye tayyorlashni boshlab yubordi. Bu ishlar, yoqimli, lekin kayfiyatni yana ham ko‘tarish uchun Rojdestvo haqidagi filmlar yordam beradi.

“Unutilmas Rojdestvo” (Falling for Christmas)

Foto: Adme.media

Chang‘i uchish poygasida baxtsiz hodisa tufayli xotirasini yo‘qotib, erkatoy merosxo‘r Sierra Jeyk ismli yigitning uyida qoladi. Shifokorlar qizga ko‘proq harakat qilishni maslahat beradi. Sierra bo‘lsa, dangasalik qiladi. Jeyk qo‘lidan kelgancha unga yordam beradi.

“O‘tmishdan kelgan ritsar” (The Knight before Christmas)

Foto: Adme.media

Ritsar Koul tasodifan hozirgi zamonga o‘tib qoladi va bu yerda Bruk ismli o‘qituvchini uchratadi. Boshida Bruk Koulni amneziyadan (xotirani yo‘qotish) aziyat chekmoqda deb o‘ylaydi. Keyinchalik u Koulni butun umri davomida kutgan shahzoda ekanligini tushunadi.

“Ikki kishilik Rojdestvo” (Last Christmas)

Foto: Adme.media

Keyt qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilgan, lekin uning hamma chiqishlari muvaffaqiyatsiz kechadi. U yil davomida rojdestvo do‘konida ishlaydi va taslim bo‘ladi. Ammo ko‘rkam va sirli Tom bilan tanishuvdan keyin hammasi o‘zgarib ketadi.

“Malikaning o‘rnida” (The Princess Switch)

Foto: Adme.media

Gersoginya Margaret chikagolik Steysi ismli oddiy qizga bir tomchi suvdek o‘xshaydi. Joylarni almashtirishning g‘oyasi qizlar uchun taqdirning haqiqiy sovg‘asi bo‘lib chiqdi.

“Yangi yilgacha uxlamang” (No sleep til Christmas)

Foto: Adme.media

Billi ismli barmen yigit va tadbirkor ayol g‘alati sharoitda tanishib qoladi va ularni bir jihat bog‘lab turganiga amin bo‘ladi. Ikkisi ham uyqusizlikdan aziyat chekadi.

“Garri Salli bilan uchrashganda” (When Harry met Sally)

Foto: Adme.media

Tashqaridan Garri va Salli bir-biri uchun yaratilgandek ko‘rinishi mumkin, lekin ular shunchaki do‘st bo‘lgan. Ular ajoyib juftlik ekanligini tushunib yetishi uchun 11 yil kerak bo‘ldi.

“Rojdestvo garmoniyasi” (Christmas Harmony)

Foto: Adme.media

Kelli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan keyin o‘z shahriga qaytadi. Bu unga yangi his-tuyg‘ularni beradi: u musiqani qayta kashf etadi, oilasiga boshqacha ko‘z bilan qaraydigan va Rojdestvo mo‘jizalariga ishonishni o‘rganadi.

“Noel” (Noel)

Foto: Adme.media

Rojdestvoda Nyu-Yorkda bayramona muhit hukm suradi: butun shahar bo‘ylab minglab chiroqlar yonadi va millionlab odamlar mo‘jizaga umid qiladi. Bu filmning baʼzi qahramonlari bilan haqiqatan ham mo‘jizalar sodir bo‘ladi.

“Kichkina xonimlar” (Little Women)

Foto: Adme.media

March opa-singillari bilan Massachusets shtatidagi Konkort shaharchasida yashaydi. Ularning xarakteri, ulg‘ayishi bir-birinikidan farq qiladi. Lekin birlashtirib turadigan narsa ham yo‘q emas. Bir-biriga va oilasiga bo‘lgan muhabbat ularni birlashtirib turadi.

“Sevgining ushlab bo‘lmas hidi” (Love Hard)

Foto: Adme.media

Los-Anjeleslik yozuvchi qiz internet orqali o‘zi orzu qilgan yigit bilan tanishadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun u yigit bilan ko‘rishish maqsadida mamlakatning narigi chekkasiga boradi. Yetib kelganidan keyin uni aldashganini tushunadi.

“Haqiqiy sevgi Nyu-Yorkda” (The Kindness of Strangers)

Foto: Adme.media

Yangi yil arafasida millionlab Nyu-Yorkliklar bayramga tayyorgarlik ko‘radi. Katta shahar bo‘lishiga qaramay, baʼzi insonlarning ushbu sehrli kechada yo‘llari kesishadi va ular abadiy birga qoladi.

“Oilaga salom” (The Family Stone)

Foto: Adme.media

Rojdestvo arafasi. Bosh qahramon Everett sevgilisi Mereditni uyiga olib keladi. U qizni butun oila bilan tanishtirishni va unga turmush qurishni taklif qilishni xohlaydi. Lekin Everettning yaqinlari uning tanlovidan mamnun bo‘lmaydi va turmush qurishga shoshilmaslikni maslahat beradi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »