Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga Men shtatida bo‘lib o‘tadigan Respublikachilar partiyasi praymerizida prezidentlikka nomzodini qo‘yish taqiqlandi. Men shtati davlat kotibi Shanna Bellouz tomonidan qabul qilingan ushbu qaror 29-dekabr kuni shtat davlat kotibi departamentining rasmiy saytida e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Qaror AQSH konstitutsiyasiga isyonda qatnashgan shaxslarning fuqarolik yoki harbiy davlat lavozimlarini egallashini taqiqlovchi 14-tuzatishiga asoslangan. Tramp o‘z tarafdorlarining 2021-yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishiga sabab bo‘lgan harakatlarni qo‘zg‘atganlikda ayblanmoqda.

“Janob Tramp zo‘ravonlik ehtimolini tushungan va boshida uni qo‘llab-quvvatlagan, chunki uni to‘xtatish uchun o‘z vaqtida chora ko‘rmadi”, — deb tushuntirdi Men shtati davlat kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning “aksiya qatnashchilarini tinchlikka chaqirgani” uning “demokratik saylovlarni to‘xtatish bo‘yicha bir necha oylik harakatlari”ni oqlamaydi.

Donald Tramp saylovoldi shtabi matbuot kotibi Stiven Chjan AQSH sobiq prezidenti tarafdorlari Bellouzning qaroriga sudda e’tiroz bildirishini aytgan. Avvalroq Tramp Bellouzdan uning praymerizlarini ko‘rib chiqishda qatnashmaslikni talab qilgandi, chunki u Demokratik partiyadan sobiq shtat senatori bo‘lgan va 2021-yil 6-yanvardagi voqealarni ochiqchasiga isyon deb atagan, bu esa, Trampning fikricha, uni noxolis pozitsiyani egallashga undaydi.

Men Trampga saylovda ishtirok etishiga ruxsat bermagan ikkinchi shtatga aylandi

19-dekabr kuni Kolorado Oliy sudi Donald Trampga shtatda Respublikachilar partiyasidan bo‘lib o‘tadigan praymeriz saylovida prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taqiqlagandi. Sudyalarning qarori, xuddi Mendagi kabi, AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatishga asoslangan.

Trampga qarshi xuddi shunday da’volar yana bir qancha shtatlarda ham ochilgan. Noyabr oyida Minnesota Oliy sudi sobiq prezidentning saylovda qatnashishini taqiqlashdan bosh tortdi, Michigan shtatida esa sud Oq uy sobiq rahbari saylov byulletenida qolish-qolmasligini sud tizimi emas, Kongress hal qilishi kerak, degan qarorga keldi.

AQSH sobiq prezidenti Kapitoliyga bostirib kirishga aloqadorligini rad etyapti.

Tramp sud ishlariga qaramay nomzodini qo‘ymoqchi

Donald Trampga qarshi allaqachon to‘rtta jinoiy ish ochilgan. Unga barcha ishlar bo‘yicha jami 91 ta ayblov qo‘yilgan, u o‘z aybini tan olmayapti. Gap Jorjiyadagi saylovlardagi qonunbuzarliklar, maxfiy hujjatlar bilan noqonuniy ishlash, saylovda soxtalashtirishga urinish va prezidentlik kampaniyasi uchun yig‘ilgan mablag‘larning noqonuniy sarflanishi haqida bormoqda.

Bundan tashqari, AQSH sobiq prezidenti qator sud jarayonlarida ishtirok etmoqda, ulardan biri - kreditlar bo‘yicha imtiyozli shartlarni olishdagi firibgarlik. Biroq hatto Trampning ushbu holatlar birortasi bo‘yicha aybdor deb topilishi ham uni nomzodlik huquqidan mahrum qilmaydi. Shu bilan birga, u Respublikachilar partiyasidan saylovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida favorit bo‘lib qolmoqda, ayni paytda amaldagi prezident Jo Baydenning reytingi so‘nggi oylarda Isroil — HAMAS urushi fonida pasayib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »