Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nyu-Yorkda Falastin tarafdori bo‘lgan jamoat faollarining ikki guruhi Manxetten ko‘chalarini to‘ldirdi, deb xabar bermoqda New York Post.

AQSHda Falastin-Isroil mojarosining yangi bosqichidan so‘ng keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda, ularning mutlaq ko‘pchiligi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda. Nashr avvalroq Rojdestvo kunida Falastin tarafdori bo‘lgan yuzlab faollar Manxettendagi Rokfeller markazi atrofidagi ko‘chalarni to‘ldirgani haqida xabar bergan edi.

Foto: New York Times

New York Post gazetasiga ko‘ra, 28-dekabr, payshanba kuni Nyu-Yorkda bir vaqtning o‘zida ikkita namoyish bo‘lib o‘tdi. Mingga yaqin kishi Quyi Manxetten ko‘chalari bo‘ylab “Daryodan dengizgacha bo‘lgan hududda Falastin ozod bo‘ladi” shiorini aytib, yurish o‘tkazdi.

Ular Oculus Center savdo markazining asosiy kirish eshigini to‘sib qo‘ydi. Politsiya tashrif buyuruvchilarni aksiya o‘tkaziladigan joydan uzoqroqda joylashgan boshqa chiqish eshiklariga yo‘naltirgan. Namoyishchilar BNY Mellon banki shtab-kvartirasida ham to‘xtab, “genotsidni moliyalashtirayotgani” uchun bankka e’tiroz bildirishgan.

Aksiya Foley maydonida ommaviy ibodat qilish bilan yakunlangan. New York Post huquq-tartibot idoralariga tayanib, aksiya davomida hibsga olinganlar bo‘lmaganini yozmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »