Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

29-sentyabr kuni Nyu-York shtati gubernatori Nyu-York shahrida favqulodda holat e’lon qildi. Kuchli yomg‘irdan keyin shtatning bir qancha yirik shaharlari suv ostida qolgan.

Videodan kadr

Shtat gubernatori Keti Xoukul Twitter’da Nyu-York shahri, Long-Aylend va Gudzon vodiysi kuchli yomg‘irdan aziyat chekkanini aytdi.

“Men Nyu-York shahri, Long-Aylend va Gudzon vodiysida biz butun mintaqada kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli favqulodda holat e’lon qilaman. Iltimos, xavfsizlik choralarini ko‘ring va suv bosgan yo‘llarda harakatlanmang”, — deb yozdi gubernator.

29-sentyabr kuni Bruklinda bir necha soat ichida 11 santimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘di, bu bir oylik me’yorga teng. Manxettenda bor-yo‘g‘i bir soat ichida yarim oylik yog‘ingarchilik kuzatildi.

Shaharda uylarning yerto‘lalari va birinchi qavatlarini suv bosgan, ayrim metro bekatlari ishlashdan to‘xtadi, ular atrofidagi yo‘llar yopildi.

Ayni paytda Nyu-York shtati shaharlari aholisi suv bosgan ko‘chalar tasvirini bo‘lishmoqda.

“Bruklin, Nyu-York suv ostida qoldi. Shahar infratuzilma haqida qayg‘urmayapti. Aholi birin-ketin ofatlarni yengishga majbur bo‘lmoqda”, — deb yozadi shahar aholisi.

Nyu-York politsiyasi kuchli yomg‘ir tufayli ba’zi hududlarda qutqaruv ishlarini olib borgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »