Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yoshlar siyosati va sport vazirligi “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Hujjat bilan futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islothotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallardan boshlab iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimini yaratish maqsadida Mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi negizida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi mahalla futbol yetakchisi lavozimini joriy etish taklif qilinmoqda.

Quyidagilar futbol yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
  • mahallalarda mavjud bo‘lgan futbol bo‘yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
  • mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlash;
  • mahalla yoshlarining futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo‘yicha sport taʼlim tashkilotlari va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish;
  • mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchi yoshlarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga tayyorlab borish;
  • mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan taʼminlash va “mahalla terma jamoalariga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mahalliy hokimliklarga takliflar kiritish.

Belgilanishicha:

  • futbol yetakchisi tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
  • tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari futbol yetakchisiga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini kengashiga tavsiya qiladi;
  • futbol yetakchisi faoliyatiga umumiy rahbarlik tuman (shahar) sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi;
  • futbol yetakchisi lavozimiga futbol sohasida yetarli tajribaga ega bo‘lgan va shaxsiy fazilatlari bilan mahallada namuna ko‘rsatgan nomzodlar tayinlanadi.

Avvalroq O‘zbekistonda stadion va futbol maydonlaridan sport faoliyati bilan bog‘lik bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »