Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati hokimining 29-dekabrdagi qarori bilan Ilhom Sattorov Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ilhom Sattorov 1985-yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, 2008-yilda Namangan muhandislik pedagogika instituti, 2020-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: menejment, davlat boshqaruvi.

2008—2014-yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2014-2016-yillarda Chortoq tumani moliya bo‘limi mudiri. 2016-2017-yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasi daromadlarni prognozlashtirish va tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i.

2017—2023-yillarda Uychi tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Innovatsion rivojlanish vazirligi Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar markazi direktori o‘rinbosari  — respublika tijoratlashtirish va maslahat xizmatlari majmuasi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining 2023-yil 29-dekabrdagi qarori bilan amalga oshirildi.

Avvalroq Namangan viloyatining Chortoq tumani hokimi ikkinchi marotaba turmushga chiqqan o‘rinbosariga 100 million so‘m miqdorida mukofot puli to‘lab bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq hokimlik axborot xizmati buni rad etib chiqqan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »