Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ivi onlayn kino platformasi mutaxassislari bir qancha mashhur bo‘lgan multfilmlarni ko‘rishni yoki qayta ko‘rishni tavsiya qilmoqda. Ulardagi asosiy umumiylik — Yangi yil va sehrli davrda sodir bo‘ladigan mo‘jizalar hisoblanadi. Bir soat bo‘lsa ham ertaklarga ishonish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

“Rojdestvo hikoyasi”

Multfilm britaniyalik yozuvchi Charlz Dikkensning 1843-yilda yozilgan ertagi asosida yaratilgan. Rojdestvo haqidagi eng mashhur kartinalardan biri sanaladi. Bosh qahramon ziqna Ebenezer pul keltirmaydigan hamma narsaga nafrat ko‘zi bilan qaraydi. Sevgi, do‘stlik va bayramlar — uning fikricha barchasi vaqtni behuda sarflashdir. Rojdestvo arafasida qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lib, uni daromaddan mahrum qiladi. Lekin bir kechada chol o‘zgarib, unda insoniylik tuyg‘usi uyg‘onadi.

“Shimoliy ekspress”

Bu harakatni suratga olish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan dunyodagi birinchi multfilmdir. Multfilmga “Forrest Gamp” filmi rejissori Robert Zemekis boshchilik qilgan. Bosh qahramon va yana beshta personajga Tom Xenks ovoz bergan. Kartina Santa Klausga ishonmagan, lekin Rojdestvo arafasida uning oldiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘lgan bola haqida hikoya qiladi. Uning uyi yonidan Shimoliy qutbga borish uchun to‘xtagan poyezd Santaning uyiga olib boradi.

“Qor malikasi”

Hans Kristian Andersenning klassik qishki ertaki asosida suratga olingan. Qor malikasi dunyoni qanday qilib mukammal qilish kerakligi haqida o‘ylaydi, ammo buning uchun u barcha ijodkorlarni yo‘q qilishi kerak bo‘ladi. Jasur qiz Gerda aql bovar qilmaydigan sayohatni boshdan kechiradi. U akasi Kayni yovuz Qor malikasining sehridan qutqarish uchun boradi. Kartina rus kino ijodkorlari tomonidan Wizart Animation studiyasida tayyorlangan va yigirmadan ortiq mamlakatda namoyish etilgan.

“Kunlarning birida Tokioda”

G‘amxo‘rlik va mo‘jizalar haqidagi ushbu yapon animesining so‘zma-so‘z tarjimasi “Tokiolik cho‘qintirganlar”. Multfilm qashshoqlik, ochlik va sovuqda yashayotgan uchta uysiz odam haqida hikoya qiladi. Rojdestvo arafasida ular yangi tug‘ilgan qizchani axlat uyumidan topadi va befarq o‘tib ketolmaydi. Kundalik qiyinchiliklarga qaramay, ular chaqaloqning farishtasi va Rojdestvo mo‘jizasining yaratuvchisi bo‘lib, avtomatik ravishda boshqa hayot uchun imkoniyatga ega bo‘lishlarini hali anglamagan holda chaqaloqning onasini topishga qaror qiladi.

“Olafning sarguzashtlari”

Bu multfilm oila anʼanalari qanchalik muhim ekanligi haqida hikoya qiladi. Opa-singil Elza va Anna Qirollikning barcha aholisi uchun Rojdestvo ziyofatini uyushtirdi, lekin tezda Rojdestvoni o‘z oilalarida nishonlash uchun uylariga ketdi. Malikalar xafa bo‘lishdi, quvnoq va charchamaydigan qor odam Olaf opa-singillarning bayramini saqlab qolish uchun barcha anʼanalarni o‘rganish va topish uchun sayohatga chiqdi.

“Maxfiy qorbobo xizmati”

Sehrgar Santa Klausning atigi bir kechada ikki milliard sovg‘a topshirishi haqida hikoya qiladigan animatsion filmdir. Qorbobo — elflar o‘yinchoqlar yasaydigan fabrika egasi. Shuningdek, uning katta oilasi ham bor va uning barcha aʼzolari oilaviy biznes bilan shug‘ullanadi. Katta o‘g‘li faqat uxlab, otasining ishini meros qilib olish haqida o‘ylaydi. Lekin kichigi oddiy pochta bo‘limida ishlaydi. Mo‘jizalarga ishonadi va bolalarning hech biri sovg‘asiz qolib ketmasligini xohlaydi.

“Grinch” — Rojdestvo o‘g‘risi”

Grinch — xayoliy Ktograd shaharchasi yaqinida yashovchi va Rojdestvoni yomon ko‘radigan yovuz yashil mavjudot. Bu obraz 1950-yillarda bolalar yozuvchisi doktor Seuss tomonidan o‘ylab topilgan. Shundan beri goh yovuz, gohida yaxshi Rojdestvo ertagi qahramoni sifatida gavdalanadi. Illumination studiyasi o‘ziga xos animatsiya uslubida Grinchni do‘st orttirmoqchi bo‘lgan, lekin shahar aholisi uni rad etgan mahalliy begona sifatida tasvirlaydi. Yildan yilga mahalliy aholining Rojdestvoni qanday nishonlashi Grinchning g‘azabini kuchaytiradi. Kunlarning birida u shaharliklarning bayramini buzishga qaror qiladi.

“Rojdestvo oldidan dahshatli tush”

Multfilm rejissori Tim Burtonning falsafiy qarashlari bilan yaratilgan animatsion musiqiy filmdir. Multfilm musiqasini eng mashhur kino bastakorlaridan biri Denni Elfman yozgan. Voqealar Xellouin shaharchasida bo‘lib o‘tadi, uning aholisi xuddi shu nomdagi bayramni o‘tkazish uchun javobgar va ular odamlarni qo‘rqitadi. Jek Skellington Xellouinning yetakchisi bo‘lib, yillar davomida bir xillikdan zerikadi. Kunlardan bir kuni u Rojdestvo shahriga borib qoladi va bayram uni tom maʼnoda sehrlaydi. Bayramni o‘zi tashkil qilishga harakat qiladi, lekin buni o‘ziga xos usullar bilan amalga oshiradi. U Santa Klausni o‘g‘irlab ketadi va bolalar uchun qo‘rqinchli sovg‘alar tayyorlaydi. Uning yaxshi niyatlari falokatga aylanishi mumkin. Qorong‘ilik va yorug‘lik, go‘zallik va qo‘rquv o‘zaro bog‘liqligi tufayli bu kartina bolalar va kattalarni o‘ziga jalb qiladi.

“101 ta dalmatin”

Ushbu multfilm dunyoga eng esda qolarli yovuz obrazlardan birini — shafqatsiz moda ramzi Kruella de Vilni berdi. 2021-yilda hatto ushbu personajga atab alohida film ham ishlandi. Yangi chiqqan “101 ta dalmatin” filmlari fonida asl multfilm biroz chetda qoldi. Lekin film klassik Disney qo‘l animatsiyasining eng yaxshi namunalaridan biridir. Sujetga ko‘ra, yosh bastakor Rojer o‘zining dalmatin iti bilan yashaydi, bir kuni sayr paytida u huddi shunday iti bor Anitaga duch keladi. Qahramonlar bir zumda sevishib qoladi va tez orada birga yashashni boshlaydilar. Rojdestvoga yaqinroq ularning iti 15 ta dog‘li kuchukchalarni dunyoga keltiradi. Anitaning maktabdagi do‘sti Kruella De Vil bundan xabar topadi va orzusidagi mo‘ynali shuba uchun itlarni tortib olishga qaror qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »