Yahudiylar qanday qilib AQSH jilovini qo‘lga olgan?
G‘azo sektoriga Isroilning bostirib kirishi dunyoda yangi inqirozli davrni boshlab berdi. Isroil G‘azo sektorida keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlab, harbiy obyekt hisoblanmagan shifoxona, maktab, aholi turar joylariga muntazam ravishda zarbalar bermoqda. Isroilni bu yerdagi aholiga qilayotgan vahshiyliklarini ta’riflab bo‘lmaydi.
Shu vaqtga qadar inson huquqlari va demokratiya deb bong urib kelgan AQSH, Isroil amalga oshirayotgan qirg‘inni oqlashda davom etmoqda. Ayni shu voqeadan so‘ng AQSHni yahudiylar boshqarishi haqidagi uzunquloq gaplar yana o‘rtaga chiqdi. Baʼzilar yahudiylar to‘g‘risidagi gaplarni shunchaki konspirologiya yoki fitna nazariyasi deb atasa, boshqalar bu uydirma emasligini taʼkidlaydi. Nahotki, dunyoning eng qudratli davlati hisoblangan – AQSH boshqaruvi bir nechta insonlar qo‘lida bo‘lsa?
O‘rta asrlarda yahudiylarning hayoti
Avvalo, yahudiylar qanday qilib Amerikaga borib qolganiga to‘xtalib o‘tishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rta asrlarda Yevropada yahudiylar taqiqda hayot kechirishgan. Boisi nasroniy dinining payg‘ambari hisoblangan Iso alayhissalomning o‘limida yahudiylarning qo‘li bo‘lgan. Yevropa shaharlarida alohida yahudiylar istiqomat qiluvchi ko‘chalar bo‘lib, ular “getto” deb atalgan. O‘rta asrlarda yahudiy ravin (kohin)lari tomonidan bir fatvo chiqariladi. Unga ko‘ra yahudiylar yahudiy bo‘lmagan insonlarga foiz evaziga pul berishi mumkin edi. Buning ortidan bir qancha yahudiy oilalar mo‘maygina mablag‘ to‘plab, boyib ketdi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringani – Rotshildlar oilasi hisoblanadi.
Yevropa mamlakatlarida taqiqda hayot kechirayotgan yahudiylar yangi qitʼa — Amerika kashf etilgach, o‘z omadlarini yangi dunyodan izlashdi. Ayniqsa, 1821-yilda Rossiya imperiyasida yahudiy oilalarga qarshi boshlangan ommaviy zo‘ravonlik harakati yahudiylarni Amerikaga ko‘chib o‘tishga majbur qildi.
AQSHga ko‘chib o‘tgan yahudiy oilalar
XIX asr oxirigacha Amerikada yahudiylar juda kam bo‘lgan. Amerikaga dastlab Ispaniyadan yahudiylar ko‘chib kelgan. Keyinchalik Yevropadagi yirik moliyachi yahudiylar ham yangi dunyoga ko‘chib o‘tishdi. Misol uchun, XIX asrning o‘rtalarida kelgan ko‘pchilik nemis yahudiylari mamlakatning turli shaharlarida kiyim do‘konlarini ochishgan va Nyu-Yorkdagi bank ishlarida faol ishtirok etgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari 1776-yilda mustaqil davlatga aylangach, o‘sha vaqtda mamlakat ichida bir necha ming yahudiy bor bo‘lgan. XIX asr o‘rtalarida Yevropadagi 200 mingdan ortiq yahudiy AQSHga ko‘chib o‘tdi. Ular mamlakat bo‘ylab joylashib, biznesda kichik do‘kon ochishdan tortib, Lehman Brothers va Goldman Sachs kabi moliyaviy imperiyalar barpo etishdi. Nima, yahudiylar shu orqali AQSH jilovini qo‘lga olganmi, deyishga biroz shoshilmang. Asosiysi endi boshlandi.
Yahudiylar Amerikani qanday qo‘lga olgan?
2020-yil minneapolisfed.org platformasida dollar chiqaruvchi mashina hisoblangan AQSHning Federal rezerv tizimi qanday ishlashi va unga aslida kimlar asos solgani to‘g‘risida maqola eʼlon qilindi. Unda ta’kidlanishicha, yahudiy oilalar Amerika boshqaruvini qo‘lga olish uchun o‘ta pishiq va maxfiy reja tuzishgan. Chunki Yevropa banklaridagi kapitalni kemaga solib, shundoq okean ortidagi qitʼaga olib o‘tishning iloji yo‘q edi. Buning uchun qulay sharoit kerak bo‘lgan.
1907-yilda AQSHda moliyaviy inqiroz boshlandi. Albatta, bu tashqi kuchlar yordami bilan atayin uyushtirilgan edi. Mamlakatdagi insonlar banklardan ommaviy tarzda o‘zlari qo‘ygan pullarni yechib olishni boshladi. Bunday holatga dunyoning manaman degan banklari ham dosh bera olmaydi. Jamg‘arma inqirozi butun Amerika iqtisodini parchalab tashlashi mumkin edi. Ammo shu vaqtda yirik banker Jon Pirpont Morgan AQSHdagi barcha banklarga yordam berish tashabbusi bilan chiqadi. Shu joyda aytib o‘tib ketay, Morgan Yevropadagi eng yirik yahudiy oila hisoblangan Rotshildlar bilan salom-aligi ancha quyuq bo‘lgan.
Mamlakat Kongressi ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, AQSH konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan pul zarb qilish huquqini vaqtinchalik Morganga beradi. Natijada u G‘arbiy Yevropadan Amerikaga katta moliyaviy resurslarni o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Morgan o‘z bankida pul o‘rnini bosuvchi 200 million dollar ishlab chiqarib, Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyotini saqlab qoladi.
1908-yilda AQSH prezidenti Teodor Ruzvelt milliy pul qo‘mitasini tashkil etish haqidagi qarorga imzo chekdi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi barcha bank tizimi ishlarini kuzatish va Kongress uchun maslahat berish bo‘lgan. Buni qarangki, qo‘mitaning barcha aʼzolarini Jipi Morgan va Rotshildlar oilasiga yaqin insonlar tashkil qilgan.
1910-yilda Jeykel Island orolida Amerikadagi eng katta banklarga egalik qiluvchi yahudiy oilalarning kattalari o‘zaro yig‘ilib, AQSHda pul ishlab chiqaruvchi Federal zaxira tizimini yaratishga kelishib oladi. Ushbu uchrashuvda Rotshildlarga qarashli bo‘lgan Kuhn, Loeb & Co bankining vakili Jeykob Henri Shiff, National City Bank of New York vitse prezidenti Franks Artur Vanderlip, Morganning shaxsiy emissari Henri Devinson, Morganga tegishli bo‘lgan Nyu-Yorkning birinchi milliy banki prezidenti Charlez Norton, Benjamin Strong, yaqindagina Germaniyadan kelgan millati yahudiy hisoblangan Paul Moris Uorburg va sayyoramiz tarixidagi eng boy insonlardan biri Bernard Baruch qatnashgan.
Aynan Bernard Baruch prezident maslahatchisi sifatida Vudro Vilsondan Federal zaxira tizimi yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini so‘ragan. Va nihoyat, 1913-yil 23-dekabr kuni endigina prezident etib saylangan Vudro Vilson Federal zaxira tizimini yaratish haqidagi qonunga imzo chekadi. Ushbu tashkilot mamlakatda markaziy bank funksiyasini bajarish va AQSH tijorat bank tizimi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirardi. Keyinchalik o‘limi oldidan Vudro Vilson qilgan qaroridan afsuslanib, “men mamlakatni aldadim. Millat taqdiri kichik guruh insonlar qo‘lida qoldi” deb aytgan ekan.
Bugun AQSH davlatining Federal zaxira tizimi oldidagi qarzi tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Qo‘shma Shtatlarning qarzi 33 trillion dollarni tashkil qiladi. Albatta, bu qarzlar nimaningdir hisobiga qaytarilishi kerak! Sizningcha bu nima bo‘lishi mumkin?
Bugungi kunda yahudiylar Qo‘shma Shtatlardagi eng boy diniy etnik guruh hisoblanadi. Pew Research Center tomonidan 2016-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda yahudiylar AQSHdagi eng boy diniy etnik guruh ekanligi aniqlangan. Maʼlumotlarga ko‘ra, Amerikadagi yahudiylarning 44 foizi daromadi kamida 100 ming dollar bo‘lgan uy xo‘jaliklarida istiqomat qiladi.
2021-yilda Forbes nashri tomonidan 400 nafar dunyoning eng boy shaxslari ro‘yxatining top-10 taligiga AQSHdagi bir nechta yahudiy shaxslar kirgan. Bular: Mark Sukerberg, Larri Peyj, Sergey Brin, Larri Ellison, Stiv Ballmer va Maykl Blumberg. Albatta, bu nomlar bizga ko‘ringani. Lekin AQSH Federal zaxira tizimini kimlar boshqarishi, parda ortidagi o‘yinchilarning ism-sharifi hali hanuzgacha ma’lum emas.
Bir so‘z bilan aytganda, qo‘lingizdagi AQSH dollari mamlakatning puli emas, balki Federal zaxira tizimining xususiy mulki hisoblanadi. Bu tashkilot esa na prezidentga, na senatorlarga bo‘ysunadi.