Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil HAMAS harakati bilan davom etayotgan mojaro tufayli 2024-yilda milliy mudofaa xarajatlarini 30 milliard shekel (8,3 milliard dollar)ga oshirish niyatida.

Xabar qilinishicha, Isroilning shimol va janubdagi chegara hududlaridan 120 mingga yaqin aholini evakuatsiya qilish hamda vayron bo‘lgan hududlarni tiklash uchun mablag‘ kerak bo‘ladi.

Foto: Google Images

Avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi G‘azo sektoridagi urush “yana ko‘p oylar” davom etishi haqida aytib o‘tgandi.

“Ushbu urush murakkab maqsadlarga ega, u qiyin hududda olib borilmoqda. Shuning uchun urush yana bir necha oy davom etadi. Biz hozir G‘azo sektorining janubida, jumladan, Xon Yunisda kuchlarimizni jamlamoqdamiz. G‘azo sektorining shimolidagi yutuqlarimizni ko‘paytirishda davom etamiz”, — dedi Halevi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »