Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMASning Isroilga hujumi chog‘ida garov olingan besh nafar isroillikning jasadi G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahrida yerosti tunnelidan topildi. Bu haqda 24-dekabr kuni kechqurun Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AFP

Xabarga ko‘ra, HAMASning tayanch markazlaridan biri hisoblangan Jabaliyadagi harbiy operatsiya davomida isroillik harbiylar yashirinish, qurol ishlab chiqarish va saqlash uchun foydalaniladigan keng tunnellar tarmog‘ini aniqlagan. HAMAS yerosti shtab-kvartirasi ikki pog‘onadan iborat bo‘lgan — birinchisi taxminan o‘n metr chuqurlikda, ikkinchisi — bir necha o‘n metr chuqurlikda.

“Tarmoq Isroilga hujumga boshchilik qilgan HAMAS shimoliy brigadasi qo‘mondoni Ahmad Andur qarorgohiga olib boruvchi shaxtaga ulangan”, — dedi Isroil armiyasi vakili kontr-admiral Daniel Hagariy.

Isroil qo‘shinlari tunnellar tarmog‘ida topilgan jasadlarni olib chiqqan. Bular: general Ziv Dado, serjant Ron Sherman, kapral Nik Beyzer hamda tinch fuqarolar Eden Zakariya va Elia Toledano. Qurbonlarning jasadlari dafn qilish uchun Isroilga yetkazildi.

Amaliyot yakunida HAMASning yerosti qarorgohi va tunnellar tarmog‘i yo‘q qilindi, deb qo‘shimcha qildi Isroil harbiylari. Ular ushbu opertsiya aynan qachon o‘tkazilganini oshkor qilmadi.

Avval Isroil va HAMAS vaqtinchalik sulh tuzgan edi. G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 24-noyabr kuni kuchga kirdi. 27-noyabrda ikki kunga, 30-noyabrda esa yana bir kunga uzaytirildi. Kelishuv doirasida HAMAS 105 nafar garovga olinganlarni, jumladan, 20 dan ortiq boshqa davlat fuqarolarini ozod qildi (ular almashuv ro‘yxatidan tashqari qo‘yib yuborilgan). Buning evaziga Isroil hukumati 210 nafar falastinlikni qamoqdan ozod qildi. 1-dekabr kuni G‘azo sektorida janglar qayta boshlandi.

HAMAS 7-oktyabr kungi Isroilga hujumi chog‘ida jami 240 ga yaqin odamni garovga olgandi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »