AQSH prezidentligiga nomzod agar u saylovda g‘alaba qozonsa, FQBni yopishga va’da berdi
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Vivek Ramasvami, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, Federal qidiruv byurosini (FQB) tarqatib yuborishni rejalashtirayotganini aytdi.
Bu niyatini Vivek Ramasvami X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bildirdi.
"FQBni isloh qilish ilojsiz. Eng to'g'ri yo‘l bu tashkilotni yopishdir", — deb yozdi Ramasvami.
Unga ko‘ra, AQSH prezidenti bunday vakolatlarga ega va u g‘alaba qozonsa, FQBni yo‘q qilish choralarini ko‘rmoqchi.
Mavzuga doir
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar