Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

 O‘zbekiston statistika agentligi 2023-yil yakunlari bo‘yicha 8,77% lik inflyasiya yuz bergani e’lon qildi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, bu yangi davrda qayd etilgan eng past inflyatsiya hisoblanadi.

"Rasmiylarga ko‘ra, dekabrda oylik inflyatsiya 1,24%ni tashkil etgan, bunda oziq-ovqatlar 1,3% ga, nooziq-ovqatlar 1,0% ga, xizmatlar 1,5% ga qimmatlagan.

Asosiy oziqlardan shakar 0,8% ga, guruch 0,4% ga, tuxum 0,3% ga, qo‘y go‘shti 0,3% ga, mol go‘shti 0,2% ga, yog‘ 0,2% ga, un 0,1% ga arzonlagan.

Shuningdek, statistikaga ko‘ra, benzin oy davomida 3,3% ga, propan 5,1% ga oshgan bo‘lsa, metan narxlari o‘zgarmagan", — deb sharhlaydi ma’lumotlarni iqtisodchi.

Foto: Statistika agentligi

Markaziy bank O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »