Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Travel Mag portali Yangi yilni nishonlash davrida dunyoning 60 ta yirik shaharlaridagi turar joy narxlarini solishtirdi.

Asos sifatida 2023-yil 30-dekabrdan 2024-yil 2-yanvargacha 3 kechalik qolish uchun shahar markazidagi kamida 3 yulduzli mehmonxonadagi eng arzon ikki kishilik xonaning narxi belgilandi.

Foto: Google Images

Unga ko‘ra,  AQSHning Nyu-Orlean shahri birinchi o‘rinni egalladi. Yangi yil bayrami kunlari bu shahardagi  3 yulduzli mehmonxonada 3 kun yashah narxi 1190 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni AQSHning boshqa bir shahri — Mayami-Bich egalladi. Bu yerda bayram kunlarini o‘tkazish o‘rtacha 1184 dollarga tushadi.

Uchinchi o‘rin ham AQSH shahriga nasib etdi. Nyu-Yorkda 3 kunlik bayram ta’tili uchun 1164 dollar sarflash kerak bo‘ladi.

Top 10 talikka quyidagi shaharlar kirdi:

  •  Nyu-Orlean, AQSH - 1190 dollar
  • Mayami-Bich, AQSH - 1184 yevro
  •  Nyu-York, AQSH - 1164 dollar
  • Rio-de-Janeyro, Braziliya - 1089 dollar
  •  Sidney, Avstraliya - 1087 dollar
  • Punta Kana, Dominikan Respublikasi - 940 dollar
  •  Kankun, Meksika - 905 dollar
  •  Edinburg, Shotlandiya - 902 dollar
  • London, Buyuk Britaniya - 894 dollar
  • Gonolulu, Gavayi - 858 dollar

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »