Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya qirolichasi Margrete II Yangi yil munosabati bilan qilgan chiqishida 2024-yil 14-yanvarda taxtdan voz kechishini ma’lum qildi. 83 yoshli qirolicha taxtni o‘z o‘g‘li valiahd shahzoda Frederikga o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Daniya davlat telekanali TV 2.

“Men bu haqida e’lon qilish uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt deb qaror qildim. 2024-yilning 14-yanvarida, sevimli otamning o‘rnini egallaganimdan 52 yil o‘tib, Daniya qirolichasi lavozimini tark etaman”, — dedi qirolicha Margrete.

Qirolicha 2023-yilda belini operatsiya qildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng taxtni o‘g‘liga o‘tkazish fikriga kelgan.

Foto: Reuters

Qirolicha avvalroq o‘limigacha bu lavozimda qolishini aytgan edi. Taxtdan voz kechishga qaror qilib, u Daniya qirollik oilasi ko‘p avlodlar davomida amal qilib kelgan an’anani buzdi, deb ta’kidlaydi TV 2.

Qirolicha Margrete II 1972-yil 14-yanvarda otasi qirol Frederik IX vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan. Toj kiyish paytida u 31 yoshda edi. Margrete II Yevropadagi barcha monarxlar ichida eng uzoq - 50 yildan ortiq hukmronlik qilgan qirolicha hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »