Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-oktyabr kuni Isroil janubidagi Supernova musiqa festivaliga uyushtirilgan hujumdan omon qolgan 42 kishidan iborat guruh 200 million shekel (56 million dollar) kompensatsiya talab qilib, sudga murojaat qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Sudda ayblanuvchilar qatoridan Isroil armiyasi, Isroil Mudofaa vazirligi, Isroil politsiyasi va Isroil xavfsizlik xizmati o‘rin olgan. Da’vo arizasida Isroil armiyasi rasmiylari odamlarni kutilayotgan xavf tufayli hududni zudlik bilan tark etishlari haqida ogohlantirib, “bir telefon qo‘ng‘irog‘i” bilan hayotni saqlab qolishlari mumkin bo‘lgani aytilgan.

Isroil hukumatining ogohlantirishi “yuzlab ziyofat ishtirokchilariga, shu jumladan da’vogarlarga jismoniy va ruhiy jarohatlarning oldini olishda yordam berishi mumkin edi” deyiladi da’vo arizasida.

Supernova musiqa festivaliga 3500 ga yaqin odam tashrif buyurdi, unda kamida 260 kishi halok bo‘ldi va ko‘plari qo’shni G'azo sektoridan yuk mashinalari va mototsikllarda HAMAS jangchilari yetib kelganidan keyin garovga olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »