Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil G‘azo sektoridan o‘z qo‘shinlarining bir qismini olib chiqadi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari qo‘mondonligining 2023-yil 31-dekabrdagi bayonotiga tayanib, The Times of Israel gazetasi yozdi

Foto: The Times of Israel

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektoridan beshta brigadani olib chiqishni rejalashtirmoqda: odatda harbiy xizmatchilarni tayyorlaydigan uchta brigada hamda zaxiradagi ikkita brigada. 

Reuters agentligi harbiy doiralardagi ismi oshkor etilmagan suhbatdoshiga tayanib, Isroil armiyasining zaxiradagi askarlari mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun tinch hayotga qaytishi kerakligini tushuntirdi. G‘azo sektoridan olib chiqib ketilgan harbiy xizmatchilarning yana bir qismi Livanda ochilishi mumkin bo‘lgan ikkinchi frontga tayyorgarlikni boshlaydi. 

Reuters manbasiga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektorida HAMASga qarshi urushi yangi bosqichga o‘tmoqda, u kamida olti oy davom etadi.

The Times of Israel gazetasi 1-yanvardagi Isroil armiyasi bayonotiga tayanib qayd etishicha, urush boshlanganidan keyin evakuatsiya qilingan G‘azo sektori bilan chegaradosh Isroil hududlari aholisi yaqin orada uyiga qaytishi mumkin bo‘ladi, chunki mintaqa shimolida janglar nisbatan kamaygan. 

Eslatib o‘tamiz, Isroil—Falastin mojarosi avj olgandan beri 22 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1 400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »