Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun 3-yanvar kuni soat 08:00 holatiga ko‘ra Toshkent havosidagi PM2,5 dispersli zarrachalar miqdori (0,001 dan 2,5 mikrometrgacha) 67,5 mkg/m3 ni tashkil etgani, bu esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 18,7 barobar ko‘pligi haqida xabar berilgan edi.

Soat 12:25 holatiga ko‘ra Toshkent havosidagi PM2.5 miqdori 189 ga chiqqan. Ya’ni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan normal me’yordan 25 barobar yuqori bo‘lgan.

IQAir portali hisobotiga ko‘ra, shu paytda Toshkent dunyoning havosi eng ifloslangan shaharlar beshligiga kirdi.

Foto: IQAir

Toshkent shahri shu paytgacha havosi eng iflos deya baholangan Lahor va Mumbayni ham ortda qoldirdi

Bunday havoda shahar aholisiga ko‘chada niqob taqib yurish, derazalarni ochmaslik, uy ichini namlantiruvchi vositalar bilan tozalash tavsiya etildi.

22-dekabr kuni ham Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha  dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘rinni egallagandi. O‘tgan yilning 23-yanvar kuni esa Toshkent eng yomon havo bo‘yicha IQAir reytingida dunyoda uchinchi o‘ringa chiqqandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »