Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent havosidagi PM2,5 dispersli zarrachalarining miqdori 3-yanvar kuni soat 08:00 holatiga ko‘ra, (0,001 dan 2,5 mikrometrgacha) 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 18,7 barobar ko‘p. Bu haqda “O‘zgidromet” avtomatik havo monitoringi stansiyalari ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Soat 04:00 da bu ko‘rsatkich “O‘zgidromet” hududida (Yunusobod tumani) 87,5 mkg/m3 ni tashkil qilgan. 2-yanvar soat 20:00 da PM2,5 ko‘rsatkichi 38,7 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 7,7 baravar yuqori bo‘lgan, shu kuni soat 08:00 da – 45,9 mkg/m3 ni (9,1-marta) tashkil etgan.

Chorshanba kuni soat 08:00 da PM10 zarralarining tarkibi 112,2 mkg / m3 ni tashkil etgan, u SanEQvaN 0293−11 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmagan.

Uglerod oksidi CO (avtomobillar va sanoat korxonalari chiqindilari) 1,9 mg/m3 ni tashkil etgan, bu ham SanEQvaN 0293−11 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan oshmagan.

Skrinshot: IQAir

IQAir veb-saytida soat 08:00 holatiga ko‘ra, poytaxt havosi ifloslanish bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 11-sentyabr kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosi dunyoning yirik shaharlari orasida ifloslanish reytingida 7-o‘rinni egallagandi. Sanepidqo‘mita changli havoda qilish kerak bo‘lgan qator tavsiyalar bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »