Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dekabr oyi o‘rtalarida qor yog‘ib, harorat pasayganda isitish tizimlari gaz quvvatiga qo‘shimcha tarzda mazut va ko‘mir yoqilgani poytaxt havosi ifloslanishiga jiddiy taʼsir qilgan. Bu haqda “O‘zgidromet” direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi.

Sherzodxo‘ja Habibullayevning aytishicha, zapravkalarga gaz yetkazib berish qisqarib, Ai-80 benzin isteʼmoli ortgani ham poytaxt havosiga sezilarli zarar yetkazgan.

“Havo ifloslanishi ikki turga bo‘linadi. Ular — tabiiy va texnogen omillardir. Tabiiy omilni qurg‘oqchilik, yog‘ingarchilik kamligi deb bilsak, texnogenda o‘z qo‘limiz bilan balansni ushlamasligimiz asosiy o‘rinda turadi. Yaʼni ishlab chiqarish tashkilotlari shaharga yaqin bo‘lgani, qurilishlar ko‘payishi, avtotransport vositalari soni oshgani va hokazolar. Masalan, yaqinda Toshkentda qor yog‘ganda isitish tizimlari gaz quvvatiga qo‘shimcha tarzda mazut yoqilgani havoga jiddiy taʼsir qilgan. Ayrim joylarda isitish tizimini ushlab turish uchun ko‘mir ham yoqilgan. Gaz yetkazib berish zapravkalar uchun qisqartirilganda, Ai-80 benzinga ko‘proq kuch berilgani ham texnogen taʼsirni birdaniga oshirdi. Bizda havo sifatini ko‘rsatuvchi datchiklar “qizardi” (qizil zararli havoni bildiradi). Yaqin 10 kunlik ichida shunday holat kuzatildi. O‘tgan hafta shanba kuni datchik “yashil” holatiga o‘ta boshladi. Yaʼni texnogen taʼsirlar havo ifloslanishiga ko‘proq taʼsir qilmoqda”, — dedi “O‘zgidromet” rahbari.

Avvalroq iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkentda havoning ifloslanishi meʼyordan ortganini aytgandi.

“Ko‘chada yursangiz, havo ifloslanishining shahar aholisiga taʼsir qilayotganini real sezasiz. Chunki har 10 kishidan 2-3 kishida yo‘talish holatlari uchraydi. Bu havoning ifloslanish darajasi meʼyordan ortganidan ham dalolat beradi”, — degan tadqiqotchi.

Avvalroq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev havo ifloslanishi shu zaylda davom etsa, odamlar Toshkentdan ommaviy ko‘chib ketishlariga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqida aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida eng kuchli chang to‘zonlaridan biri 2022-yilining 17-oktabr kuni  kuzatilgandi. O‘shanda poytaxt dunyo reytingida havosi eng iflos shahar sifatida birinchi o‘ringa chiqqan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »